Dissertatsiyani topshirishdan oldin tekshiring

Adabiyotlar, rasmiylashtirish va imlo — kompyuteringizda, internetsiz.

Bepul · Versiya 1.0 · Word (.docx)

DisHelper dasturi oynasi: tekshiruv turlari va «Hammasini tekshirish» tugmasi
screenshot.png

DisHelper — Word (.docx) formatidagi dissertatsiyani topshirishdan oldin tekshiradigan bepul oflayn dastur. Hujjat hech qayerga yuborilmaydi: barcha tekshiruvlar sizning kompyuteringizda bajariladi. Doktorantlar (PhD, DSc), mustaqil izlanuvchilar, ilmiy rahbarlar, ilmiy kotiblar, kafedralar va dissertatsiya kengashlari uchun.

Imkoniyatlar

Nimani tekshiradi

Adabiyotlar

Havolalar va roʻyxat

Matndagi har bir [N] havola adabiyotlar roʻyxatida borligini, roʻyxatdagi har bir manbaga havola qilinganini va raqamlash uzluksizligini tekshiradi. Gapdagi muallif roʻyxatdagi yozuv bilan solishtiriladi: matnda «Suravegina … [123]», 123-raqam ostida esa Khaddage boʻlsa, dastur Suravegina turgan [1] raqamini taklif qiladi. Natijalar Excelga chiqariladi, hujjatdagi raqamlar esa bitta buyruq bilan almashtiriladi.

Rasmiylashtirish

OAK talablari boʻyicha

Hoshiyalar, Times New Roman shrifti, 14 oʻlcham, 1,5 interval, 1,25 sm xatboshi, tekislash va sahifa raqamlari tekshiriladi. Qoʻsh boʻshliqlar, tinish belgisi oldidagi boʻshliq, ʻ va ʼ belgilari, bitta soʻzda kirill va lotin harflarining aralashib ketishi hamda boʻsh xatboshilar topiladi. Meʼyorlarni kafedrangiz talablariga moslab sozlash mumkin.

Imlo

Oʻzbek lotin yozuvi

97 ming soʻz shaklidan iborat lugʻat morfologik tahlil bilan birga ishlaydi, shuning uchun «sinflarida», «koʻnikmalarini» kabi soʻzlar xato hisoblanmaydi. «ohirgi», «tarbya», «rivojlantiruvshi» kabi xatolar esa topiladi va toʻgʻri soʻz taklif qilinadi.

Natija

Tekshiruvdan soʻng hujjat yonida uchta fayl paydo boʻladi

  1. 1

    Matnli hisobot

    Topilgan barcha muammolar roʻyxati.

  2. 2

    Excel jadvali

    Havolalar boʻyicha jadval — saralash va filtrlash uchun qulay.

  3. 3

    Belgilangan nusxa

    Dissertatsiya nusxasi, unda muammoli joylar rang bilan ajratilgan. Sichqonchani rangli joy ustiga olib borsangiz, izoh koʻrinadi.

Asl fayl oʻzgarmaydi — barcha belgilar faqat nusxada.

Namuna: rangli joy ustiga sichqonchani olib boring yoki bosing

Suravegina [1]Muallif [1] yozuvi bilan mos keldi taklif qilgan usul ohirgiImlo: «ohirgi» → «oxirgi» yillarda keng qoʻllanmoqda [45]Gapda muallif nomi yoʻq — qoʻlda tekshiring. Bu yondashuvni Suravegina ham taʼkidlaydi [123][123] ostida Khaddage. Suravegina — [1].

  • xatolar
  • qoʻlda tekshirish
  • mos keldi
Dissertatsiyaning belgilangan nusxasi: xatolar qizil va sariq, tekshirish kerak boʻlgan joylar kulrang, mos kelganlari yashil rangda
marked.png
Xavfsizlik

Dissertatsiyangiz kompyuteringizdan chiqmaydi

Onlayn xizmatlardan asosiy farqi shu: DisHelper hujjat bilan faqat sizning kompyuteringizda ishlaydi.

Internet kerak emas

Dastur toʻliq oflayn ishlaydi: lugʻat va barcha tekshiruvlar dastur ichida.

Roʻyxatdan oʻtish yoʻq

Akkaunt, login va parol talab qilinmaydi.

Fayllar yuborilmaydi

Hujjat hech qanday serverga yuklanmaydi va hech kimga uzatilmaydi.

Yuklab olish

DisHelper 1.0

Windows va macOS uchun bepul. Oʻrnatish shart emas.

Versiya 1.0 · 16.10.2026

  1. Yuklab oling va arxivni oching.
  2. Dasturni ishga tushiring va .docx faylni tanlang.
  3. «Hammasini tekshirish» tugmasini bosing — natijalar hujjat yonida paydo boʻladi.
Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Python oʻrnatish kerakmi?

Yoʻq. Dastur mustaqil ishlaydi, qoʻshimcha hech narsa oʻrnatish shart emas.

Windows yoki macOS «nomaʼlum ishlab chiquvchi» deb ogohlantirsa, nima qilish kerak?

Dastur tijorat sertifikati bilan imzolanmagani uchun tizim shunday ogohlantiradi. Windows tizimida More info / Подробнее, soʻng Run anyway / Выполнить в любом случае tugmasini bosing. macOS tizimida dasturni bir marta ochishga urinib koʻring, keyin System Settings → Privacy & Security boʻlimida Open Anyway tugmasini bosing.

Kirill yozuvidagi dissertatsiyalar uchun mos keladimi?

Havolalar va rasmiylashtirish tekshiruvi — ha. Imlo tekshiruvi hozircha faqat oʻzbek lotin yozuvi uchun ishlaydi.

Rasmiylashtirish meʼyorlarini oʻzgartirish mumkinmi?

Ha. «Rasmiylashtirish meʼyorlari» yorligʻida hoshiyalar, shrift, interval va boshqa qiymatlarni kafedrangiz talablariga moslab oʻzgartirishingiz mumkin.

Imlo tekshiruvi qanchalik aniq?

Tekshiruv lugʻatga asoslangan va 100% kafolat bermaydi. Shubhali soʻzlar belgilanadi, yakuniy qarorni muallif qabul qiladi.

Dastur bepulmi?

Ha, DisHelper bepul.

Ochiq komponentlar

Dastur ochiq loyihalarga tayanadi

  • uzbek-wordlist

    Oʻzbek tili soʻzlar roʻyxati. Muallif — Mashrab Kuvatov. Litsenziya: GPL-2.0-or-later.

  • UzMorphAnalyser

    Oʻzbek tili uchun morfologik analizator. Muallif — Ulugbek Salaev.